Rossiya Konstitutsion sudi muxolifatçi Aleksey Navalniyga uning konstitutsiyaviy huquqlari buzilişi yuzasidan bergan şikoyat arizasini körib çiqişga qabul qiliş böyiça rad javobini berdi. “Korrupsiya bilan kuraş fondi” asosçisining fikriça, huquqlari böyiça “Rossiya Federatsiyasi prezidentligi saylovlari töğrisida”gi Federal qonunining 3-moddasi 5.2-bandi 1-bandostida belgilangan normalarga amal qilinmagan.
Federal qonunning bu bandida Rossiya fuqarosi oğir yoki öta oğir jinoyatni amalga oşirganlik uçun ozodlikdan mahrum etilgan va ovoz beriş kunida körsatilgan jinoyat uçun sudlanganligi bekor qilinmagan bölsa, Rossiya prezidenti uçun saylaniş huquqiga ega emasligi aytiladi.
Navalniy “Kirov örmon işi” doirasida aynan şunday oğir xarakterdagi jinoyat böyiça sudlangan. Şu bilan birga, şikoyatni qabul qilişga rad javobi berilişi böyiça Konstitutsion sud özining qaroriga asoslangan. 2013 yilning 10 oktabrdagi qarorda oğir yoki öta oğir jinoyatni amalga oşirganlik uçun ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga nisbatan saylaniş huquqini ma'lum bir muddatga çeklaş imkoniyati haqida söz yuritiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif siyosatçi Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qabul qilmagani xabar berilgandi.












