Toşkent viloyati IIB YHXB tomonidan piyodalar iştirokidagi YTHning oldini oliş va piyodalarning yöllarda xavfsiz harakatlanişini ta'minlaş çoralari körilmoqda. Buning uçun qoidabuzar piyodalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar töldirilib, jarima qöllanilmoqda, deb xabar qilmoqda Toşkent viloyati IIB YHXB boşqarmasi.
Xususan, “Diqqat piyoda” tadbiri davomida viloyat hududidagi serqatnov yöllar va çorrahalarda piyodalarning yöl belgilari va yöl çiroqlari işoralariga rioya qilmagan holatlari, ularning belgilanmagan joylardan yölni kesib ötiş hollari yuzasidan nazorat va taftiş işlari kuçaytirildi.
Tadbir davomida 203 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Şundan 21 piyoda yölning qatnov qismini kesib ötayotgan vaqtda quloqçinlardan foydalangan, 32 kişi yöl harakatini tartibga soluvçi işoralarga böysunmagan. 150 piyoda yölning qatnov qismini ruxsat berilmagan qismida kesib ötgan.























