Angliya premer-ligasining 24-turida «Arsenal» «Kristal Pelas»ni qabul qildi.
Öyinni maydon egalari kötarinki ruhda boşlaşdi va 13 daqiqada 3 gol urildi. Avvaliga Monreal hisobni oçdi, keyin u Ivobi va Koselnini golli paslar bilan ta'minladi. 22-daqiqaga kelib esa Aleksis Sançessiz öyindagi törtinçi gol urildi - Aleksandr Lyakazet gol muallifi. 34-daqiqada Naço Monreal jarohat tufayli maydonni tark etdi va uning örniga Meytlend-Naylz tuşirildi.
Ikkinçi bölim oxirida Milivoyeviç «Kristal Pelas»ning yagona javob golini urdi - 4:1.
Endilikda, «Arsenal» oçkolari sonini 42taga yetkazib, oltinçi örinda ketmoqda, «Kristal Pelas» esa 25 oçkosi bilan 12-örinda.
Angliya çempionati
24-tur
Arsenal – Kristal Pelas 4:1
Gollar: 1:0 – 6 Monreal, 2:0 – 10 Ivobi, 3:0 – 13 Koselni, 4:0 – 22 Lyakazett, 4:1 – 78 Milivoyeviç.
Arsenal – Çex, Mustafi, Monreal (Meytlend-Naylz, 34), Bellerin, Koselni, El-Nenni, Çaka, Uilşer, Özil (Nelson, 72), Ivobi, Lyakazett.
Kristal Pelas – Hennessi, Tomkins, Kelli, van Anxolt, Fosu-Mensa, Milivoyeviç, Makartur, Kabay, Sako, Zaa, Benteke.












