Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildiki, Suriyaning Afrin mintaqasidagi kurd harbiy bölinmalarini qöllab-quvvatlovçi har qanday kuç turkiyalik harbiylar nişoniga aylanadi. Bu haqda u NTV telekanali efirida ma'lum qilgan.

«Terrorçilarni qöllab-quvvatlagan har qanday kuç bizning nişonimizga aylanadi», – degan Yildirim Turkiya kurd bölinmalarga moddiy-texnik yordam körsatayotgan AQŞga qanday munosabatda bölinişi xususida berilgan savolga javoban.

Bundan taşqari, boş vazirning sözlariga köra, amaliyot 4 bosqiçda ötkaziladi. Harbiy harakatlar natijasida çegaradan 30 kilometr içkariga qadar «xavfsiz zona» yaratiladi. Yildirim bu amaliyot hududdagi terrorçilarning barçasi yöq qilingunga qadar davom etişiga va'da berdi. Turkiya tomoni hisobiga köra, Afrinda 10 mingga yaqin kurd jangçisi bor.