Avtomobillarga bağişlangan Focus2Move jurnali mutaxassislari 2017 yilning eng köp sotilgan krossoverlar reytingini tuzişdi. Reytingni tuzişda muayyan modelning 2017 yil davomida jahon böylab qança miqdorda sotilgani hisobga olingan.
Savdolar natijalariga köra, 2017 yilda jahonda eng köp miqdorda Toyota RAV4 modeli sotilgan. Uşbu krossoverdan 807400 dona xarid qilingan. RAV4 savdosi 2016 yildagiga nisbatan 11 foizga oşgan va 2016 yilgi reyting ğolibi Honda CR-V’ni 2-öringa tuşirişga muvaffaq böldi. CR-V’dan 2017 yilda 748050 dona sotilgan.
Yetakçi uçlikni Volkswagen Tiguan modeli yakunlamoqda. Bu modeldan 703140 dona sotilgan va savdosi 2016 yilgiga nisbatan 34,5 foizga oşgan.
4- va 5-örinlarni Hyundai Tucson (620680) va Haval H6 (531980) modellari egallagan.
Eng xaridorgir krossoverlar reytingidan şuningdek quyidagi modellar joy olgan: Nissan Qashqai (498850), Nissan Roque (449990), Nissan X-Trail (426100), Kia Sportage (425470), Mazda CX-5 (408420), Ford Escape (375940), Chevrolet Equinox (371180), Toyota Highlander (342160), Honda HR-V (337210) va GAC Trumpchi GS4 (336033).












