Suriya prezidenti Başar Asad Turkiyaning Afringa hujum qilişi turkiyaliklar terrorçilarni qöllab-quvvatlayotganidan darak berişini aytib ötdi.

«Turkiyaning Afrin şahriga surbetlarça hujum boşlaşi mintaqadagi inqirozni keltirib çiqargan turk siyosatining davom ettirilişidir. Bu rejim terrorizmni va turli terroristik tuzilmalarni qöllab-quvvatlaydi», degan Suriya rahbari.

U bugun Damaşqda Eron strategik taşqi aloqalar kengaşi delegatsiyasi bilan uçraşdi.

Bugun Turkiya «Zaytun butoği» amaliyoti doirasida quruqlikdagi harbiy harakatlarni boşladi.

Anadolu axborot agentligi ma'lumotiga köra, turkiyalik harbiylar heç bir qarşilikka uçramasdan Afrin tomon yurmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erodöğan esa kurd bölinmalari jangarilari «qoçayotgani» va amaliyot tez orada yakunlanişi haqida aytdi.

Öz navbatida kurdlarning Afrindagi vakili Turkiyaning bayonotini rad etdi va turkiyalik harbiylar hamda ularning ittifoqçilari bölmiş Suriya ozodlik armiyasi harbiylari jiddiy qarşilikka uçrayotganini ma'lum qildi.