Orol dengiziga turistlarni sayohatga olib çiqiş bilan şuğullanuvçi nukuslik tadbirkor Tazabay Öteuliyev nahang baliqning tişini topganini ma'lum qildi. Bu haqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi xabar bermoqda.

– Biz bu ikki dona akula tişini Aqtumsiqda, ya'ni Ustyurt platosining Orol dengiziga tuşadigan joyida topdik, – deydi T.Öteuliyev. – Mutaxassislardan sörasam, nahangning tişi ekanini va bu tişlar million yillarga tegişli ekanini aytişdi.

Orol dengizida nahang baliqlar bölganmi, degan savol köpçilikni qiziqtirsa kerak. Möynoq tumanidagi Ölkaşunoslik muzeyida Orol dengizi sohilidan, Ustyurtdan topilgan nahang baliqlarning şunday tişlari körgazmaga qöyilgan. Xorijlik va mahalliy sayyohlar qiziqib söraşadi: Orol dengizida çindan ham nahang baliq bölganmi?

Orol dengizi tölib toşgan paytlarda baliqçilik bilan şuğullangan möynoqçi nuroniy Almas Tobaşev bunday deydi: «Men 40 yil Orolda baliq ovladim, baliqning har xilini kördim. Dengiz tortilgan yillari ularning qanday qilib ölganlarini kördim, lekin nahang baliqni körmadim. Möynoqdagi muzeyda qöyilgan nahang baliqlarning tişlari qadimda Kaspiy bilan Orol bir bölib turgan paytlardagi tiş bölişi mumkin».

Nahang tişlari Ustyurt ustida ham topilgan. Nukuslik Ayap Ismaylov bu haqda şunday deydi: «Ustyurtda 25 yilça işladim. Şaqpaqti (Ustyurtdagi gaz koni)da qadimgi Tetis okeanidan qolgan vodiy bor. Öşa yerda nahangning köp tişlarini topgandik. Yana bir yili germaniyalik talabalar bilan Orol dengizi sohiliga sayohat qildik. Ular Orol sohilidan nahang baliqning tişlarini, jağlarini topişgandi. Demak, Orolda nahang baliqlar bölgan. Biroq qaysi davrga tegişli ekanini olimlar bilişi mumkin».

Ilmiy manbalar qadimda Kaspiy dengizi bilan Orol dengizi bir bölganligini, Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum singari çöllar Tetis okeanining tubi bölganligini tasdiqlaydi. Ustyurtda, Qizilqumda çiğanoqlarning köp uçraşi buning yaqqol dalilidir.

Vikipediya ma'lumotiga köra, Tetis okeani deyarli milliard yil mavjud bölgan( eramizdan avvalgi 850 millioninçi yildan 5 millioninçi yilgaça). Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum singari çöllar bölsa bundan 20-30 million yil ilgari paydo bölgan. Ustyurt Kaynozoy erasi örtalari qoldiği bölib (21 million yil oldin paydo bölgan), ikki materikning töqnaşuvidan yuqoriga çiqib qolgan. Demak, Ustyurtda topilgan nahang baliqlarning tişlari 20 million yillik tarixga ega.