Kun.uz Özbekistonda faoliyat olib borayotgan diplomatik missiya rahbarlari bilan suhbat loyihasini davom ettiradi. Loyihaning bu galgi mehmoni Özbekistonni «özining ota yurti​»​ deb bilgan Turkiya Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Ahmet Başar Şen ikki davlat örtasidagi munosabatlar, tarixiy aloqalar va kelajak haqida öz fikrini bildirdi.

Janob elçining ta'kidlaşiça, «munosabatlarimizning yangi davri ikki davlat rahbarlarining Samarqand şahridagi döstona suhbatidan söng jadal rivojlanişni kasb etdi»​.

«​Ayrim tadbirkorlar boşdan keçirgan qiyinçiliklar tufayli, ikkilanişga ega bölsa-da, 2017 yil taşkil etilgan işbilarmonlar forumida turk tadbirkorlari Özbekistonda faoliyatini boşlaşga katta qiziqiş bildirgan. Agar ularga nisbatan haqsizlik qilingan bölsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti odilona qaror qabul qilinişini ma'lum qildi.

Hamkorligimizning ilk davrida iqtisodiy masalalarga katta urğu berganmiz. Bunday hamkorlik şakli, aslida, ikki xalqni tarixan bir-biriga boğlagan omil hisoblanadi. Savdo-iqtisodiy aloqalar bizni yanada yaqinlaştiradi, har ikkimizga ham foyda keltiradi. Lekin munosabatlarimizni madaniyat, ijtimoiy, Islom dinini töğri tarğib etiş, turizm sohasida yaxşilaşni közlab turibmiz»​, deb fikrini bildirgan u.

Ahmet Başar Şenning ma'lum qilişiça, Turkiyaning bir qator yetakçi oliygohlari Özbekistondagi filialini oçiş maqsadida muzokaralarni olib bormoqda. Ular orasida tibbiyot xodimlarini yetiştirib çiqaruvçi turk bilim yurtining tez orada Özbekistondagi filiali oçilişiga guvoh bölişimiz mumkin.

«​Bir paytlar Turkiyada taqiqlangan FETO taşkiloti tarafdorlarini köpaytiriş maqsadida turli davlatlarda turk ta'lim muassasalari oçgandi. Afsuski, bu köplab muammolarga sabab böldi, şukurki, ularning salbiy jihatlarini köra bilgan Özbekiston tomoni mazkur ta'lim muassasalarini öz vaqtida yopişga qaror qilgan. Buning uçun Özbekistondan minnatdormiz. Ta'lim sohasida yuzaga kelgan qiyinçiliklar va köngilsiz tajribalar boşdan ötganidan söng, bu masalaga diqqat bilan yondaşişni istaymiz.

Turkiyadan taşqari bölgan ta'lim muassasalari faoliyatini tartibga soliş böyiça maorif vaqfi kabi organ tuzilgan. Maorif vaqfi Özbekistondagi vaziyat bilan ham qiziqmoqda, talab va imkoniyatlar darajasi örganilmoqda, tez orada örta va boşlanğiç ta'lim katta hamkorlikni yölga qöyişimiz mumkin. Akademik bosqiç böyiça qisqaça töxtalsak, Turkiyada öqib turgan özbek yoşlari ayni paytda köpçilikni taşkil etadi, bundan keyin ham ularning soni ortib borişini istaymiz. Xohişlarimizni röyobga çiqariş uçun maxsus taşkilotlar orqali dasturlar qabul qilganmiz. Aytib ötilgan barça hamkorlik masalalari birinçi bosqiçda, ammo ularni tezroq ilgarilaşini rejalaştirganmiz. Hamkorlikni mayda bosqiçdan yirik tizimli şaklga ötkaziş katta yutuğimiz böladi»​, deb qöşimça qilgan elçi.