Turkiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ahmad Başar Şen «FETO litseylar»ning asl maqsadi va xavfini Özbekiston ança ilgari aniqlaganini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri elçining sözlariga tayanib xabar bermoqda.

13 iyul kuni Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasida 2016 yil 15 iyulda sodir etilgan davlat töntarişi yetakçisi Fathulloh Gulenning 40 yil mobaynida Turk davlatini qölga kiritiş uçun tuzgan rejalari töğrisida ma'lumot berildi.

«​Fathullohçi terror taşkiloti özini bir paytda ta'lim ulaşuvçi böğin sifatida yaxşi körsatib, dunyoning 150-160 davlatlariga joylaşib olayotgan bir davrda, Özbekistonda uzoqni köra oladigan rahbarlar uning asl niyatini öşa ondayoq seza olişdi. Uning ildizini butunlay qöporib taşlaşdi. Biz buni minnatdorçilik bilan aytişimiz lozim»​, – deb ta'kidladi Turkiyaning Özbekistondagi elçisi.

Elçining ta'kidlaşiça, FETO nafaqat Turkiyaning, balki boşqa davlatlarning ham tizimiga joylaşib olib, davlatni qayta tuzişni maqsad qilib qöygan, maxfiylik va tovlamaçilik ustiga qurilgan yangi avlod terrorçi taşkilotidir. Turkiyada asosiy moliyaviy manbasi ta'lim markazlari, darsxonalarining yopilişi taşkilotga katta zarba böldi.

Ma'lum bölişiça, Fathulloh Gulen 1970 yildan xususiy maktablar oçib, yoşlarni ongiga ta'sir ötkazişga harakat qilgan. Öquvçilarining aksariyati kelgusida Qurolli kuçlar, Adliya, Sud, Politsiya kabi davlatning muhim idoralarida iş bilan ta'minlangan. Keyinçalik, Turkiyadagi 15 iyul voqealari ham aynan şunday harbiylar tomonidan amalga oşirilgan.

Elçining fikriga köra, bugungi kunga qadar ön minglab davlat mulozimlari yuqorida keltirilgan sabab işdan olingan. Sud jarayonlari tödaning öta maxfiyligi bois murakkab davom etmoqda. Eslatib ötamiz, 15 iyul Turkiya Respublikasi va turk xalqining tarixida demokratiya ğalabasi sifatida öz örnini egallagan.