Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iyun oyi boşida Turkiyaga rasmiy taşrifini amalga oşirgandi. Anqarada qaysi mavzular muhokama qilindi va natijalar qanday böldi?Prezidentlar mudofaa sohasida, şuningdek, Kaan qiruvçi samolyotlar masalasini ham muhokama qilganmi? Kun.uz şu kabi savollar bilan Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar bilan suhbatlaşdi.
— Özbekiston prezidentining Turkiyadagi taşrifi vaqtida siz ham Anqarada edingiz, ikki mamlakat rahbarlari uçraşuvida eng asosiy kelişuv va yutuqlar haqida aytib ötsangiz?
— Şu yil 6 iyun kuni Anqara şahrida ikki davlat örtasida oliy darajali strategik kengaşning (ODSK) 3-yiğilişi bölib ötdi. Tadbirda iştirok etiş uçun Özbekiston prezidenti janob Şavkat Mirziyoyev yirik delegatsiya hamrohligida Anqaraga bordi. Aloqalarimizning barça jabhalari ikki tomonlama muzokaralarda muhokama qilib ötildi. Munosabatlarimiz yangi darajaga kötarildi. Ular tobora kuçayib, rivojlanib bormoqda. Bularni biz muhokamalar natijasida erişilgan bitimlarda körmoqdamiz. Amalga oşirilgan muloqotlar natijasi ölaroq 18 ta bitim tuzilib, bitta qöşma bayonot imzolandi.
Şu tariqa, munosabatlarimizning qator tomonlarini qamraydigan yangi qadamlar böyiça muayyan qarorlar qabul qilindi. ODSK – prezidentlar rahbarligi ostida ötkaziladigan eng yuqori darajali maslahatlaşuv mexanizmidir. ODSK yiğilişlari çoğida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokamaga qöyiladi hamda tegişli yöl xaritalari tuzib olinadi.
Hozir bir narsani bemalol aytiş mumkinki, bu ODSK yiğilişidan söng keyingi 7 yil mobaynida tobora jadallaşib kelayotgan Turkiya-Özbekiston aloqalari yap-yangi bosqiçga kötarildi. Bunda, albatta, ikki mamlakat yetakçilari janob Erdöğan va janob Mirziyoyevning katta hissasi bor.
Rasmiy muzokaralar ikki bosqiçda amalga oşirildi. Ularning bittasi ikki yetakçining tor doiradagi uçraşuvi bölsa, ikkinçisi delegatsiyalararo kengaytirilgan muzokaralar edi. Şu uçraşuvlar natijasida yöl xaritasi tuzib olindi.
Şuningdek, bu taşrif çoğida prezidentlar rafiqalarining dasturiga ham keng örin berildi. Ular ham uçraşib, öz sohalarida munosabatlarni rivojlantiriş yöllarini muhokama qilib oldi.
Janob prezident Mirziyoyev 6 iyun kuni, dasturning tonggi qismida Turkiyaning mudofaa sanoati korxonalaridan “TUSAŞ” (Tusaş)ni borib joyida şaxsan kördi. Dasturning bu qismi mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş nuqtayi nazaridan foydali böldi deb hisoblaymiz.
Heç şubhasiz, taşrifning eng muhim tomoni, ikki mamlakat işbilarmonlari örtasida hamkorlik rivojlantirilişi maqsadida 5 iyun kuni biznes-forum ötkazilgani edi. 6 iyun kuni esa ikki yetakçi iştirokida işbilarmonlar kengaşi degan yangi format taşkil etildi. Bitimlar, biznes-forum hujjatlari, yangi formatdagi işbilarmonlar kengaşiga qarasangiz, taşrifda ustuvorlik iqtisodiy sohani ilğorroqqa olib ketişga qaratilganini bilasiz.
Şuningek, ODSK tadbirlari çoğida prezidentimiz janob Erdöğan Özbekiston prezidenti janob Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi davlat nişoni bilan mukofotladi. Mukofot juda jöşqin marosim bilan öz egasiga topşirildi. Yuqorida darajali bunday mukofot topşirilişi munosabatlarimiz kelgan darajaning tabiiy natijasi edi fikrimça.
Bu nimadan dalolat beradi? 2017 yildan buyon Özbekiston darhaqiqat öz davlatida, mintaqasida va xalqaro miqyosda kuçli ilğor siljişni bajara oldi. Bunda katta rolni prezident Mirziyoyev öynadi. Prezident «Yangi Özbekiston», «Uçinçi Renessans» yondaşuvlari bilan davlatni oldinga qarata boşlab ketdi. Hozir Özbekiston öz mintaqasida tinçlik manbayi, qöşnilari bilan aloqalarni tinçlik poydevori ustiga örnata olgan, munosabatlarni özaro iqtisodiy manfaat asosida rivojlantirgan mamlakatdir. Biz bunga yuqori baho beramiz va töliq qöllab-quvvatlaymiz. Bu sa’y-harakatlar jarayonida biz doimo birgamiz, yoningizdamiz.
Aytib ötganimdek, keyingi 7 yilda ikki tomonlama aloqalar ança taraqqiy etdi. Ham Özbekiston erişgan çöqqilar, ham ikki tomonlama munosabatlarimiz erişgan saviyaga yuqori baho beriş uçun prezident Mirziyoyevga uşbu davlat nişoni (Turkiya davlatining eng yuksak davlat nişoni) topşirildi.
— Siz yuqorida aytgan «Turkiyaning oliy darajadagi nişoni» qanday şaxslar uçun beriladi?
— Aytganimdek, bu mukofot Turkiyaning eng yuqori darajali davlat nişoni bölib, juma kam insonlar unga loyiq deb topiladi. Lekin biz uçun eng muhimi – bu mukofot janob Mirziyoyevga prezidentimiz tomonidan topşirilişi. Moziydan kelgan birligimizning bugungi kunining körsatkiçi, deb hisoblayman. Ikki tomonlama munosabatlarda, aytib ötganimdek, har ikkala prezidentining sa’y-harakatlari katta. Davlat nişoni topşirib, yuqori baholaşimizni namoyon etdik. Ğururlandik, albatta. Turkiya Özbekiston munosabatlariga nazar taşlasangiz, tarixda heç ham bölmagan saviyaga erişganini, tarixda heç bölmaganidek turfa xillaşganini, ildam rivojlanayotganini bemalol ayta olamiz. Bugungi kun darajalariga yetib kelişimizda ikki prezidentning sa’y-harakatlari köp. Şuning uçun biz uçun çuqur mazmunli mukofotlaş edi.
— Prezident taşrifi çoğida TUSAŞ mudofaa korxonasiga bordi va kadrlarda Kaan qiruvçi samolyotlarini ham köriş mumkin edi. Ikki davlatning mudofaa hamkorligi töğrisida nima deysiz?
— Aytib ötganimdek, ikki tomonlama munosabatlarimiz har sohada rivojlanmoqda, buni aytib ötdim. Mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik ham buning bir parçasi. Prezident Mirziyoyev janoblari 6 iyun kuni TUSAŞ korxonasiga taşrif buyurib, yangi Kaan samolyotini joyida körib çiqdi. Yuqori baho berganini aytib ötdi.
Biz esa mudofaa sanoatidagi bu salohiyatimizni qardoş Özbekiston bilan örtoqlaşişga doimo tayyormiz. Buni doimo muloqotlarimizda özbek qardoşlarimizga yetkazamiz. Öz zafarlarimiz bilan örtoqlaşiş, işlab çiqariş kuçlarini Özbekistonda rivojlantiriş asosiy maqsadimiz. Bu sohadagi keyingi yillardagi muloqotlarimiz tobora ortib bordi. Ular juda samarali davom etmoqda. Özbekistondan Turkiyaga, Turkiyadan Özbekistonga kelgan delegatsiyalar köp. Bularning natijalarini yaqin kelajakda barçamiz köramiz deb umid qilaman.
— Kaan qiruvçi samolyotlarini Özbekiston ham sotib olişi mumkinmi?
— Hozir sizga aniq bir narsa ayta olmayman. Lekin Özbekistonda uçuvçisiz parvoz apparatlari va boşqa mudofaa mahsulotlariga qiziqiş katta. Bu qiziqiş yaqin kelajakda öz mevalarini, albatta, keltiradi.
— Mehnat muhojirlari va Turkiyaga taşrif buyurgan özbekistonliklarni deport qiliş holatlari ança köpaydi, buning aniq sabablari mavjudmi?
— Dastavval Turkiya-Özbekiston aloqalari miqyosi qay darajaga erişganini töğri tuşunib oliş kerak. Raqamlarga murojaat qilsak, ötgan yili (2023) Turkiyadan Özbekistonga 106 ming atrofida turk fuqarosi keldi, Özbekistondan esa Turkiyaga 470 mingdan ortiq kişi borgan. Bir yilda. 2024 yilning birinçi yarmida deyarli 250 ming özbekistonlik Turkiyaga bordi. Haftasiga 90 ga yaqin reyslar amalga oşirilyapti. Özbekistonning qator şaharlaridan reyslar taşkillaştirilgan: Toşkent, Farğona, Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus, yaqinda Qarşidan ham reyslar qöyildi. Haftasiga 90 ta reys kiçik raqam emas. Öta ziç özaro qatnov bor. Bundan taşqari, 50 mingdan oşiq özbekistonlikning Turkiyada rasmiy doimiy yaşaş ruxsatnomasi bor.
Endi, Turkiya aeroportlarida joriy qilingan xavfsizlik çoralari böyiça. Keyingi paytlarda sodir etilgan teraktlardan söng, oxirgisiga Moskvada guvoh böldik, Turkiyada xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Turkiyaning bu sohada katta tajribaga egaligini bemalol ayta olamiz. Keyingi 40-50 yildan buyon Turkiya terrorga qarşi ayovsiz kuraş olib boradi, jahonda bu borada eng katta tajribaga ega mamlakatmiz. Ança yaxşi tajribalar bular. Turkiyadagi vaziyatga qarab bunga özingiz ham baho berişingiz mumkin.
Şu sababli, terror tahdidini heç qaçon yoddan çiqarmasligimiz, ogoh bölişimiz kerak. Bu tahdidning dini va millati yöqligini ham doimo ta’kidlab kelganmiz. Terror bu – doimo terror. Buni bir bora boşidan ötkazgan odam u bilan kuraşda salbiy tomonlarni ham qabul qilişga majbur böladi. Turkiya-Özbekiston aloqalarining umumiy holatiga qaraganimizda, keyingi paytda aeroportdan qaytarib yuborilgan fuqarolar soni köpayganini sezyapmiz. Lekin aytişim kerakki, bu yilning birinçi yarmida Turkiyaga borgan 250 ming atrofida özbekistonlik nisbatida kam sonli fuqarolar deportatsiya qilingani şohidimiz.
Biz bundan xavotirdamiz, albatta. Çunki ikki qardoş xalq sifatida biz butun diqqatimizni ijobiy kun tartibiga jamlaganmiz. Hurmatli prezident Mirziyoyevning taşrifi buning yaqqol dalili. Qanday qilib munosabatlarni yanada yaxşilasak böladi, şu masala ustida boş qotiryapmiz. Şu bilan birga, bir-birimizning huzurimizga salbiy ta’sir körsatadigan unsurlarga ham tezda yeçim topa oliş tarafdorimiz. Bu holatni biz hozir jiddiy deb baholayapmiz, özbek idoralar bilan holat ustida iş olib boryapmiz, Turkiyada idoralararo muzokaralar olib borildi, 6 iyun taşrifidan avval Turkiyadan Özbekistonga yirik delegatsiya keldi, biz joriy qilgan qoidalarimizni tuşuntirdik, özaro ma’lumot almaşiniş ahamiyatini tuşuntirdik, işonamanki, kelgusida birgalikda sa’y-harakatlarimiz bilan bunaqa çegaradan qaytarib yuborişlar masalasini bartaraf qilamiz.
Bu yerda muhimi, umumiy manzarani nazardan çetdan qoldirmaslik kerak, mediada kötariladigan ba’zi masalalar munosabatlarning faqatgina bir tomoni, lekin aloqalarga raxna solib qöyişi yoki ularga salbiy tus berişi mumkin. Biz bu masalalarga heçam köz yummaymiz, körmaslikka olmaymiz, jiddiy qabul qilamiz. Özbekistonning tegişli idoralari bilan buni muhokama qilyapmiz. Lekin şunda ham munosabatlarimiz faqat oldingan qarab rivojlanmoqda. Ularning salohiyati buyuk. Davlat rahbarlarimiz ham doimo buni ta’kidlaşadi.
— Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz Özbekistonga kelganda mehnat muhojirlari masalasida yangilik böladi degan edi, bu qanday yangilik va u qaçon amalga oşadi?
— Hozir har ikkala mamlakatning tegişli idoralari aynan şu masalada hamkorlik qilyapti. Ma’lumotlar bilan almaşinişga katta ahamiyat beryapti. Muzokaralar davom etyapti. Maslahatlaşyapti. Muhtaram vitse-prezidentimiz şularni közda tutgan. UningÖzbekistonga taşrifidan söng Turkiyadan yirik delegatsiya faqatgina şu masala böyiça Özbekistonga amaliy taşrif amalga oşirdi. Aloqador idoralar bilan bu masala muhokama qilindi.
Xabarim bor, bundan oldin bu muzokaralar Turkiyada boşlangandi. Bundan buyon ham şu masalada hamkorlik davom etadi. Bu yerda maqsad biz joriy qilgan tizimning Özbekiston tomonidan yaxşi tuşunilişi va mahalliy şaroitlarda öz tizimlari joriy etilişi. Bu juda muhim. Çunki terror bugun Turkiyada, ertaga RFda, indinga boşqa davlatda xuruj qilişi mumkin. Buni avvaldan başorat qilib köra oliş, oldindan çora köra oliş muhim va biz şuning uçun harakat qilyapmiz. Buni bajarayotib qardoşimiz Özbekiston bilan ma’lumot-hujjatlar bilan örtoqlaşişni unutmaymiz.
— Turkiya bugungi kunda global kuçga intiliş jarayonida katta kuç markazlari bilan munosabatlarini qanday muvozanatlaştiryapti?
— Turkiya öz mintaqasida öynayotgan hozirgi roli uning tarixi va geostrategik pozitsiyasidan kelib çiqmoqda. Jahon va xalqaro hamjamiyatning kun tartibidagi bugungi masalalar, muammolarning deyarli barçasi Turkiyaning atrofida röy bermoqda. Bu esa bizning milliy manfaatlarimizni qiziqtiradi. Bu borada Turkiya hozir faol taşqi siyosat yuritmoqda. Bu siyosat milliy manfaatlarga tayangan. Janob Erdöğanning «Dunyo beşdan köp» degan iborasi şu jihatdan alohida mazmun-mohiyatga ega. Biz qator masalalarda Falastin, Bolqon, Yaqin Şarq, Eron, RF, Ukraina va boşqa köp masalalarda faol siyosat yuritib, baholiqudrat öz hissamizni konstruktiv tarzda dunyo hamjamiyatiga taqdim etmoqdamiz. Hozir Turkiyaning naqadar faolligini körişning eng oson yöli bu Turkiya TIV vazirining oxirgi haftada taşrif buyurgan joylari, iştirok etgan tadbirlari, olib borgan muloqotlarini kuzatiş. Kun tartibi naqadar ziçligini köriş mumkin. Bu bizga Turkiyaning öz mintaqasida va xalqaro miqyosda egallagan pozitsiyasi, örni haqida katta ma’lumot taqdim etadi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi















