Turkiyaning AQŞdagi elçisi Serdar Qiliç qarorgohi yonida yuz bergan töqnaşuvlarda 9 kişi jabrlandi. Bu haqda 17 may kuni TASS axborot agentligi xabar berdi.  

Töqnaşuvlar Anqaraning amaldagi rahbariyati tarafdorlari va unga qarşi çiqayotganlar örtasida yuz bergan. Norozilik aksiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Vaşingtonga taşrifi bilan boğliq bölgan. Erdöğan 16 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uçraşdi.

Voqea qaysi tomon aybi bilan yuz bergani hozirça noma'lum. Qarorgoh atrofidagi hudud politsiya tomondan qurşab olingan, unda transport harakati çeklangan. 

Barça jabrlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar. Ikki kişi jiddiy jarohat olgan.

Axborot agentligining ma'lum qilişiça, Turkiya elçisining qarorgohi Massaçusets-avenyu yonidagi Şeridan-serkl köçasida joylaşgan. Bu yerda köplab elçixonalar joylaşgan. Turkiya elçisining qarorgohi Latviya elçixonasi bilan yonma-yon joylaşgan. Turkiya elçixonasi qarorgoh yaqinida joylaşgan bölib, biroq u bilan boğlanmagan.