Foto: Qişloq quriliş bank

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni amaldagi valyutani tartibga soliş tizimini tubdan isloh qiliş, valyuta siyosatini liberallaştiriş, barça tadbirkorlik sub'yektlariga taşqi savdo faoliyatini amalga oşirişda teng şaroitlar yaratişga xizmat qilayotgani bilan muhim ahamiyatga egadir.

Farmonga asosan Özbekiston Respublikasining rezidenti bölgan jismoniy şaxslar tijorat banklarining konversion bölimlarida sotib olingan mablağlarni xalqaro tölov kartalariga ötkaziş böyiça amaldagi tartibga asosan sotib olişi va çet elda heç qanday çeklovlarsiz işlatişi mumkinligi belgilangan.

Foto: Qişloq quriliş bank

Mazkur Farmon ijrosini ta'minlaş maqsadida respublika tijorat banklari, şu jumladan, ATB “Qişloq quriliş bank” tomonidan zarur çoralar körilmoqda. Bugungi kunda bank tizimida faoliyat yuritayotgan 38 ta Konversion operatsiyalari bölimlarida xorijiy valyutani fuqarolarga sotiş bilan boğliq xizmatlar körsatilmoqda.

Mijozlar bank filiallarida emissiya qilingan VISA xalqaro tölov kartalaridan foydalanib internet tarmoğida xaridlarni bemalol amalga oşirişlari mumkin. Şunisi ahamiyatliki, internet tarmoği orqali dunyoning istalgan davlatidan tovar va xizmatlarni sotib olişda heç qanday çeklovlar yöq.

Qöşimça ma'lumot uçun:

(+99871) 150-76-46, 150-76-84, www.qqb.uz

 

“Qişloq quriliş bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati