Janubiy Koreya hukumati Seulda KXDR bayroği va Kim Çen Inning fotosurati yoqib yuborilgani uçun uzr söraşi kerak. Bu haqda Şimoliy Koreyaning Moskvadagi elçixonasi xabarida aytiladi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».
«Janubiy Koreya hukumati butun millatga qarşi hozirgi siyosiy fitna uçun uzr söraşi, jinoyatçilarni jazoga tortişi va bunday holatlar yuz bermasligi uçun tegişli çoralarni körişi lozim.
Bu bizning yaxşi niyatimiz va Koreyalararo munosabatlarni soğlomlaştiriş böyiça sa'y-harakatlarimizga nisbatan qabul qilib bölmaydigan tahqirlaş hamda Olimpiya öyinlariga kiritmaslikka yönaltirilgan siyosiy fitnadir.
Biz Koreyalararo munosabatlarni qadrlaymiz, biroq ötaketgan mutaassiblarning bunday xatti-harakatini jim kuzatib tura olmaymiz», - deyiladi KXDR elçixonasi xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Seulda faollar Kim Çen In fotosuratini KXDR delegatsiyasi rahbari köz öngida yoqib yuborişgani xabar berilgandi.












