Qişki transfer darçasining eng esni oğdirar darajadagi bitimi borasida Eurosport şarhlovçisi Pavel Gorodnitskiy öz fikrlarini bayon etdi.
Rayola — daho va yaramas
Barter London va Mançester örtasidagi futbolçi ayriboşlaş barça uçun optimal köriniş hosil qildi.
Yozda «Arsenal» Sançesdan nol funt evaziga judo bölar edi, biroq alaloqibatda uni yaxşi texnikaga ega, aqlli va universal yarimhimoyaçiga almaştirdi — Transfermarkt arman futbolçisini 35 million yevroga baholagan. Buni «kanonirlar» menejmenti aniq qovun tuşirmagan hol, desa böladi.
2016 yilda Mourinyu Genrix uçun 42 million yevro sarflagan, keyin uni zaxira örindiğida çirita boşladi — portugaliyalik mutaxassisning omadi keldi, «Arsenal» Mxitaryanni qöldan çiqa boşlagan top-forvardga ayriboşlaşga rozi böldi. Agar londonliklar bölmaganida «MYu» arman futbolçisini özida saqlab turaverar va heç qaçon uni foydasi bilan sota olmasdi. Eng yaxşi holatda Genrixni sanoqli penslar evaziga «Borussiya» qaytarib olardi, Xuddi Kagava singari (yaponiyalik futbolçi 16 millionga xarid qilinib, 8 millionga qaytarilgan).
APL tarixidagi eng asosiy almaştirişda Mino Rayola hammadan ham köproq foyda qildi. «Arsenal»dan qurutdek sanab olişi tayin bölgan komission tölovlardan taşqari, xomsemiz golland yana bir ajoyib sxemani taşkil qilgan.
Mohiyat oddiygina. Sançes «Yunayted»ga kosmik miqdordagi maoş — haftasiga 450 ming funt (510 ming yevro) evaziga ötdi. Pogba hozir haftasiga 260 ming funt (394 ming yevro) işlab topmoqda. Rayola statistikani peş qilib, Polning maoşi Aleksisnikiça bölişini talab qilmoqda. Albatta, surbetlarça, biroq örinli talab.
Bu nima bilan tugaydi? Töppa-töğri: «iblislar» xöjayinlari hammasiga rozi bölişadi, Rayola esa Pogbaning maoşidan 10 foizlik uluşga ega böladi. Uning moyanasi haftasiga 20 ming yevroga oşadi (bu esa yiliga 1 million degani). Ajoyib emasmi?!

Ayriboşlaşlar köpayadi
Bozorning allaqaçon tomi ketgan — kuçsiz futbolçilarni 15–20 milliondan, örtaçalarini — 25–30, yaxşilarini — 40 milliondan boşlab sotişmoqda, superyulduzlar va taqçil pozitsiya uçun yigitlarga 60-70-80 millionlik narxlar belgilangan. Öz-uzidan, transfer telbaligi ba'zan özini özi tartibga solib turişi ham kerak — buning uçun aynan ayriboşlaşlar qöl kelmoqda.











