Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi Bokuda ötadigan Yevropa ligasi finalidagi xavfsizlik borasida xavotir bildirgan Armaniston taşqi işlar vazirligining bayonotiga javob qaytardi. Ozarboyjon versiyasiga köra, final iştirokçilaridan biri – Londonning “Arsenal” klubining arman öyinçisi Genrix Mxitaryanning finalda iştirok etişdan boş tortişi iğvo hisoblanadi.
“Armaniston taşqi işlar vazirligining “Arsenal” klubining arman millatiga mansub öyinçisining Bokuga taşrifiga tösqinlik qiluvçi omillar borligi haqidagi bayonoti içki siyosiy muammolar sababli sportni siyosat vositasiga aylantirişga urinişdan darak beradi. Armaniston taşqi işlar vazirligining bunday iğvoda iştirok etişi afsuslanarli holat. Afsuski, Armaniston “Arsenal”ning arman öyinçisini özining iğvogar maqsadlarida qöllamoqda”, deb aytgan rasmiy Boku.
Avvalroq Armaniston Ozarboyjonni arman millatiga mansub muxlislarning xavfsizligini kafolatlay olmaslikda ayblab çiqqandi va buni irqçilik hamda ksenofobiya alomati deb atagandi. Avvalroq 18 mayda “Bi-bi-si” telekanali Ozarboyjon Yevropa ligasi finaliga arman muxlislarini qöymayotganini ma'lum qilgan. Telekanal muxlislar sözlariga iqtibos keltirgan holda, ular Yevropa davlatlari fuqaroligiga ega bölsalar ham ularga viza beriş rad etilayotganini yozgan.
Buning fonida 21 may kuni futbolçi Genrix Mxitaryan Bokuga “Çelsi” bilan öyinga bormaslikka qaror qildi. “Men Yevropa ligasi finaliga jamoa bilan bormaslik kabi bu oğir qarorni qabul qildim. Futbolçilar bunday öyinlarda kamdan-kam hollarda öynaydilar va şuni ta'kidlab ötişim lozimki, bu öyinni ötkazib yuboriş men uçun juda oğriqlidir”, deb yozgan futbolçi Instagram’da.
Final uçraşuvi 29 may kuni Ozarboyjon poytaxtidagi Olimpiya stadionida bölib ötadi.











