«Roma» klubi «Arsenal» yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryan bilan şartnoma imzoladi.
Armanistonlik 30 yoşli futbolçi rimliklar tarkibida mavsum oxiriga qadar ijarada öynaydigan böldi.
«Roma» Mxitaryan ijarasi uçun 3 million yevro töladi. Rimliklar futbolçining oyligini töliq tölaydi va keyingi yil yozida 15 million yevro evaziga transfer qiliş huquqini qölga kiritadi. Şuningdek, londonliklar futbolçining körsatkiçlariga qarab 100 ming yevro miqdorida bonus olişlari mumkin.
Mxitaryan 2018 yil yanvarida Aleksis Sançes transferi doirasida «Mançester Yunayted»dan «Arsenal»ga ötgandi.
Ötgan mavsumda futbolçi «Arsenal» tarkibida barça musobaqalarda 39ta öyinda maydonga tuşib, 8ta gol urgan.











