«Arsenal»ning armanistonlik yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryan Bokuda ötadigan Yevropa ligasi finalida iştirok etmaydigan böldi. «Töpçilar» rasmiy saytida mazkur holat yuzasidan bayonot e'lon qilindi.

«Afsus bilan şuni ma'lum qilamizki, Genrix Mxitaryan jamoa bilan «Çelsi»ga qarşi ötadigan YeL final öyiniga bormaydi.

Biz Genrixning bu öyinda iştirok etişiga oid barça variantlarni sinçkovlik bilan örganib çiqdik. Bu masalani Mxitaryan va uning oilasi bilan muhokama qilgaç, u jamoa bilan finalga bormagani ma'qul, degan xulosaga keldik.

UYeFAga xat yuborib, bu vaziyat yuzasidan çuqur xavotirda ekanimizni bildirdik. Mxitaryan asosiy öyinçilarimizdan sanaladi, şuning uçun uning yöqligi «Arsenal» uçun katta yöqotişdir.

Qolaversa, futbolçi yirik yevrokubok finalida mana şunday şaroit tufayli qatnaşa olmayotgani ham açinarli hol. Futbolçining karerasida bunday holatlar kamdan kam uçraydi.

Jamoa Bokuga yöl olmagunga qadar, Mxitaryan kubok finali uçun tayyorgarlik jarayonida qatnaşişda davom etadi», – deyiladi bayonotda.

Ma'lumot uçun, Armaniston va Ozarboyjon örtasida toğli Qoraboğning hududiy mansubligi yuzasidan ziddiyat mavjud. Avvalroq Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi Mxitaryan ikkala davlat örtasidagi sovuqçilikka qaramay, finalda iştirok etişi mumkinligi, uning xavfsizligi ta'minlanişini ma'lum qilib çiqqan edi.

30 yoşli arman bu mavsum APLning 25ta öyinida maydonga tuşib, 10ta golda (6+4) bevosita qatnaşdi.

Qayd etiş joiz, Yevropa ligasi finali uçun Ozarboyjon poytaxti tanlangani tufayli UYeFA köplab tanqidlarga uçradi. Xususan, Londondan Şarqiy Yevropaga transport muammosi sabab köplab muxlislar öyinni bevosita körişga bora olişmayapti. Bokudagi aksariyat mehmonxonalar narxi bir neça barobarga kötarilib ketgani aytilmoqda.

Uçraşuv 29 may kuni «Olimpiya» stadionida bölib ötadi.