HMD Global kompaniyasida beş asosiy kamera va ikki LED-vspişkali fotomodul bilan ta'minlangan smartfon işlab çiqarilmoqda. Foxconn tadqiqot bölimiga yaqin bölgan VtechGraphy şu haqida ma'lum qildi. 

Sönggi flagman işlanmalari borgan sari köproq ikki asosiy kamerani öz içiga olmoqda, şu bilan birga, ikki frontal kamera bilan ta'minlangan smartfonlar ham yöq emas. Manbada smartfonga nima uçun beş kamera kerakligiga aniqlik kiritmagan. Ekspertlarning taxminlariga köra, bunday qaror fotomodul ölçamlarini oşiriş, uni yaqinlaştiriş funksiyalari bilan jihozlaş yoki stereotasvirga ega böliş uçun kerak bölişi mumkin. Ba'zilar 8 linzaga ega va 360 daraja burçak tasvirli 3D-video işlab çiquvçi şarsimon Nokia Ozo kamerasini yodga olişdi. 2015 yilning yangi qurilmasi narxi juda yuqori bölib, 60 ming AQŞ dollarini taşkil qilgan, zero u 3D-kino s'yomkasiga ixtisoslaşgan tor professionallar guruhiga yönaltirilgan.

Foto: Nokia

Yangi smartfonga kelsak, u foydalanuvçilarning mehrini qozonişi uçun nisbatan hamyonbop bölişi kerak. Öz vaqtida Nokia özining noyob işlanmalari bilan jamoatçilik e'tiborini jalb qilişga muvaffaq bölgan. Masalan, 42 megapikselli kameraga ega Nokia 808 PureView smartfoni. 

Foto: Nokia

Işlab çiqaruvçining yangi mahsulotining körinişi qanday bölişi hozirça noma'lum. Ma'lumotlarga köra, beş kamerali smartfonlar 2018 yilning oxiriga borib sotuvga çiqadi.