1995 yilda jahonning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan «Oltin töp» sovrinini qölga kiritgan Jorj Vea Liberiyaning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirdi.

«Men umrimning köp yilini stadionlarda ötkazganman, lekin bugungi hissiyotlarimni biror narsaga qiyoslay olmayapman.

Bu ğalabaga mamlakat yoşlarining, ayollarining qöllovisiz erişişim mumkin bölmas edi», — degan Vea inauguratsiya marosimi çoğida. Yangi prezidentning sözlarini BBC keltirmoqda.

Prezidentning qasamyod keltiriş marosimi Liberiya poytaxti Monroviyadagi futbol stadionida bölib ötdi.