Italiya antimonopol xizmati Samsunğni yangi qurilmalarini ilgari suriş uçun eskilarini ataylab sekinlaşitirişini tergov qilmoqda. Xizmat şuningdek Apple’ni ham şunday yöl tutişda gumon qilmoqda, deb yozmoqda Independent naşri.
Antimonopol xizmat kompaniyalarni “qurilmalarning muayyan komponentlari kamçiligidan foydalanib, eski mahsulotlari işlaş muddatini çeklaş va xaridorlarni yangi qurilmalarni sotib olişga undaş böyiça tijorat siyosatini” yaratişda aybladi.
Antimonopol xizmatning ta'kidlaşiça, ikkala kompaniya ham qurilmalarning işlaşini sekinlaştiruvçi dasturiy ta'minot çiqargan. Kompaniyalar buning oqibatlaridan foydalanuvçilarni ogohlantirişmagan va “bu qurilmalarning işlaşi maqbul darajasini ta'minlaş uçun” yetarliça ma'lumot taqdim qilmaganlar. Vaholanki, Samsung avvalroq dasturni yangilaş hisobiga eski qurilmalar protsessorlari unumdorligini kamaytirmasligini ma'lum qilgan.
2017 yil oxirida Apple kompaniyasi iOS 10.2.1 operatsion tizimi çiqqandan keyin qurilmalarining protsessorlari işlaşi tezligini sekinlaştiruvçi imkoniyat paydo bölganini tan olgan. Kompaniyada ta'kidlanişiça, bu qurilma yuqori yuklanişlarda öz-özidan öçib qolmasligi maqsadida qilingan.











