2017 yilning dekabrida start olişi kerak bölgan Apple'ning HomePod "aqlli" kolonkalari sotuvlari 9 fevralda boşlanadi. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi.
Apple bu qurilmani ötgan yilning iyunidayoq Amazon'ning Echo va Alphabet'ning Google Home kolonkalariga raqib sifatida namoyiş qilgandi. Biroq noyabr oyida kompaniya uning sotuvlari biroz keçiktirilişi haqida e'lon qildi, buning sabablari esa oşkor etilmadi.
Seşanba kuni Apple korporatsiyasi 9 fevraldan HomePod'ni AQŞ, Buyuk Britaniya va Avstraliyada sotib oliş mumkinligi haqida ma'lum qildi. Dastlabki buyurtmalar esa 26 yanvardan qabul qilinadi.

Fransiya va Germaniyada HomePod bahorga borib sotuvga çiqadi.
Qurilma musiqa qöyişdan taşqari, öz egasi bilan muloqot qilişi, ovozli xabarlar yöllaşi, rejadagi işlarni yodga solişi va ertalab uyqudan uyğotuvçi funksiyasini bajarişi mumkin. HomePod AQŞda 349 dollarga sotiladi.

Apple ikki yil içida ikkinçi marta audio-aksessuarlar bilan boğliq qiyinçilikni boşdan keçirmoqda. Bundan avval kompaniya AirPods quloqçinlari sotuvini keçiktirgandi.
Kompaniyaning aksiyalari seşanba kuni 1,1 foizga qimmatlaşgan.












