Ijtimoiy tarmoqlarda yangi avlod flagmanlarining tezkor zaryadlovçi qurilmalari xususiyatlari paydo böldi. U avvalgisidan u qadar katta farq qilmaydi. Dealntech şu haqida ma'lum qildi. 

Samsung Galaxy S9 smartfoni 1,5 soatda töliq zaryad olişi mumkin. Qurilmalarning rasmiy sertifikatsiyalaridagi xususiyatlari şundan dalolat bermoqda. Yaqinda ular Xitoy, Tayvan va Janubiy Koreya uçun registratsiya raqamlariga ega bölişdi. 

Hujjatlardagi ma'lumotlarga köra, smartfonlar ikki zaryadkali böladi: an'anaviy çiqiş parametrlariga ega 5V/2A va tezkor çiqiş parametrlariga ega 9V/1,67A. Tezkor zaryad xususiyatlari Galaxy S8, S8+ va Galaxy Note 8'nikidan u qadar katta farq qilmaydi. 

Bundan çiqdi, kompaniya tezkor zaryadning avvalgi xususiyatlarini qoldirgan va yangi avlod Galaxy S flagmanlari özidan oldingi modellar tezligida zaryad oladi. Samsung vakillarining sözlariga köra, 3000 mAs siğimli akkumulyator 1,5 soatda töliq zaryadlanişi kerak. 

Manbaga köra, Galaxy S9 va Galaxy S9 + flagmanlari 26 fevralda bölib ötadigan MWC 2018 körgazmasida namoyiş etilişi kutilmoqda. Sotuvlarga esa 1 martdan start beriladi.