Samsung korporatsiyasi özining S9 va S9 Plus smartfonlarini fevral oyi oxirida namoyiş qiladi, ikki smartfon ham mart oyidan sotuvga çiqadi. Bloomberg ma'lumotlariga köra, yangi qurilmalar taqdimot sanasi - 27 fevral.

Ta'kidlaş joizki, Galaxy S7 va S7 Edge 2016 yilning 21 fevralida namoyiş etilgan edi va 12 martdan sotuvga çiqqan. Samsunğning sakkizinçi smartfoni esa joriy yilning 29 martida taqdim etildi, 21 apreldan boşlab sotuvga çiqdi.  

Bloomberg Samsunğning yangi flagman qurilmasiga oid boşqa heç qanday tafsilotlar bilan bölişmadi, faqatgina - ularning "modernizatsiyalaşgan kamera tizimi"ga ega bölişi ma'lum qilindi. Şunday bölsa-da, taniqli bloger va insayder @onLeaks qurilmaning yangi suratlarini taqdim etdi. 

Umuman olganda, Samsung Galaxy S9 özidan avvalgi smartfonga öxşaş böladi. Asosiy özgarişlar endi kamera tagida, örtada joylaşgan barmoq izlari skaneriga tegişli böladi. Quloqçinlar "uyasi" qurilmaning pastki qismida, dinamikaning yonida joylaşgan böladi. Faqat Galaxy S9 + qurilmasigina ikki kameraga ega böladi.