Özbekiston terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Samvel Babayanning işi böyiça ma'lumotlar prokuraturaga taqdim etilgan. Bu haqda ÖFF prezidenti Umid Ahmadjonov ma'lum qildi.

«Avvalo, şuni ta'kidlab ötişni xohlardimki, Samvel Babayanning futboldan çetlatilişi, uşbu sohada turli qinğirliklar bilan şuğullangan, faqat öz manfaatini öylab futbol orqasidan kun körib kelayotgan ayrim şaxslarga ogohlik qönğiroği bölib xizmat qilişi lozim.

Babayanning «Paxtakor» klubi boşqaruvida va Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi sifatida amalga oşirgan turli qinğirliklari bizga ma'lum. Biz öz vakolatimiz doirasida, örnatilgan tartibda  Özbekiston futbol federatsiyasi ustavidan kelib çiqib, uni futbol faoliyati bilan şuğullanişdan bir umrga çetlaştirdik. Şu bilan birgalikda, uning hujjatlari va materiallarini prokuraturaga topşirdik. Babayan işi bilan bundan buyoğiga prokuratura xodimlari şuğullanişadi va uning aybi töliq isbotlansa, u qonun oldida, albatta, javob beradi.   

Afsuski, sönggi yillarga kelib yurtimizda futbol tizimi butunlay izdan çiqib ketgan. Murabbiy va hakamlarni qöya turaylik, yurtimizda «futbol atrofidagi şaxslar» paydo bölgan. Garçand sohaga heç qanday aloqasi bölmasa-da, mas'ul rahbarlarning e'tiborsizligidan foydalanib vositaçilik bilan şuğullangan. Ular asosan jamoalar örtasida kelişilgan öyinlarni taşkil etişda, kerakli natijaga erişiş uçun hakamlar bilan kelişişda, futbolçilarning boşqa klubga transfer qilinişida, yoş futbolçilarning yoşini sun'iy ravişda kiçraytirişda  «jonbozlik» körsatişgan. Aynan şunday illatlar tufayli yurtimizda futbol tizimi yillar davomida izidan çiqib ketgan. 

Bizda ana şunday «futbol atrofidagi şaxslar»ning bir neçtasi haqida ham ma'lumot bor. Futbolimizni ana şunday illatlardan tozalamas ekanmiz, jahon çempionatiga çiqiş bizga armon bölib qolaveradi», degan Ahmadjonov «Xalq sözi» gazetasiga bergan intervyusida.