Göştni köp iste'mol qiluvçilar öz soğliğiga ziyon yetkazişi mumkin ekan. Nima uçun deysizmi? "Layfxaker" göştning zarari haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Göşt saraton rivoji xavfini oşiradi
Inson uçun eng xavfli göşt - bu sut emizuvçilarning, masalan, mol va qöy göşti hisoblanadi. Köp tadqiqotlarga köra, inson qança köp qizil göşt iste'mol qilsa, saratonning ba'zi turlari (masalan, içak, oşqozon osti bezi va prostata saratoni) rivoji ehtimoli şunça yuqori böladi.
Qayta işlangan göşt (tuzlangan, dudlangan, konservalangan) undan-da xavfli. Har 50 g qayta işlangan göşt içaklar saratoni rivojini 18 foizga oşiradi.
Agar göşt uzoq yoki yuqori haroratda tayyorlansa (tovada qovurilsa), kasallik ortiriş imkoni yanada yuqori böladi. Bunday qayta işlaş jarayonida mahsulotda kökrak bezi, prostata, jigar, teri, öpka va boşqa organlar saratoni rivojiga olib keluvçi zararli moddalar hosil böladi.
Yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi
Göştda transyoğlar — yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvçi xavfli yoğlar mavjud. Yoğli göşt qovurilsa, uning yurakka ziyoni yanada kuçayadi. Qizil göşt iste'molini kuniga 70 ğgaça kamaytirilsa, salomatlikka zarar qilmaydi.
Göşt diabetni keltirib çiqarişi mumkin
Birinçi turdagi diabetning oldini olişning deyarli iloji yöq, lekin ikkinçi turdagi diabet rivoji ehtimolini pasaytiriş mumkin. Vegetarianlar muntazam ravişda qizil göşt iste'mol qiluvçilarga nisbatan bu kasallikdan ikki karra kam aziyat çekişadi.
Buyraklar uçun ziyon
Diabet va yuqori qon bosimi buyrak yetişmovçiligiga köp sabab böladi. Biroq göştni haddan ziyod köp iste'mol qiliş ham şunga olib kelişi mumkin, deya işonç bildirişmoqda olimlar. Şunday bölsa-da, sut va tuxum kabi mahsulotlarda bunday ta'sir kuzatilmaydi.
Içak kasalliklariga sabab böladi
Qizil göşt divertikulit, ya'ni içak şamollaşi rivojiga ham öz "hissasi"ni qöşadi. Göştxörlarda diverkulit yuzaga keliş xavfi boşqalarga nisbatan 58 foizga yuqori böladi.













