Daladan topilgan erkak kişining jasadi hammani huşyor torttirdi. Voqea joyiga yetib kelgan içki işlar organi xodimlari atrofni sinçiklab örgana boşladi. Murda yotgan joy yaqinidan erkaklar oyoq kiyimi va içida ozgina vino bölgan yelim idiş topildi. Xodimlar holatni batafsil örganarkan, idişdagi vino, qolaversa, jasadning badanidagi jarohatlar qotillik sodir etilganidan darak beradi, degan töxtamga kelişdi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.
Qayd etilişiça, bu voqea Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida sodir böldi. Tumandagi fermer xöjaliklaridan birining dalasidan topilgan jasadning şaxsini aniqlaş qiyin bölmagan. U 46 yoşli Nozim (ismlar özgartirildi) ismli kişi bölib, bir kun avval dösti bilan ulfatçilik qiliş bahonasida uyidan çiqib ketgan edi. Mudhiş xabar Nozimning oila a'zolarini esankiratib qöydi.
Tuman IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan suriştiruvda Nozim Karim degan oşnasi bilan çiqib ketgani aniqlangaç, kalavaning uçi topilgandek böldi. Karim xodimlarni körganidayoq sarosimaga tuşib, gaplari poyma-poy çiqa boşladi. Jinoyat sodir qilgan odamning bunday vaziyatda aybini tan olişdan, real voqeani röy-rost aytib berişdan özga çorasi qolmaydi.
- Uni öldiriş niyatim yöq edi, - dedi Karim afsuslanganini bildirib titroq ovozda. – Ulfatçilik qilib ötirgandik. Hammasi şu “zormanda”ni deb böldi. Uçta idişda vino bor edi. Avvaliga şirin suhbatlaşib, ikki idişni böşatdik. Navbat uçinçisiga kelganda aqlimiz özimizda emasdi. Undagi vinoni içarkanmiz, oxirlagan sari bir-birimizdan qizğana boşladik. Nazarimda, oşnam mendan köp içib qöygandek tuyulaverdi. Şundan söng idiş tagida qolgan ozgina vinoni talaşib, muştlaşib ketdik. Mastlik oqibatida döstimni kaltaklab, tan jarohati yetkazdim. U huşini yöqotgaç, voqea joyidan qoçib ketdim.
Körib turganingizdek, spirtli içimlik ikki döstning orasiga tuşib, birini qotil, birini maqtul qildi. Içkilikbozlik tom ma'noda illat ekani yana bir bor özining aççiq tasdiğini topdi.












