Şarqiy Qozoğistonda kuçli sovuq harorat tufayli yöllar yölovçi va dizel transporti harakati uçun yopildi.

"Kazaxavtodor" havo harorati Tselsiy böyiça -40 daraja sovuqqa qadar tuşişi kutilayotgani tufayli şunday qadamga bordi. Şarqiy Qozoğiston viloyatining barça yöllari 24 yanvar soat 21:00dan boşlab yölovçi va dizel transporti uçun yopildi", - deyiladi idora xabarida.

Eslatib ötamiz, 21 yanvardan beri Oqmöla, Pavlodar va Şimoliy-Qozoğiston viloyatida transportning alohida turlari uçun harakatlaniş çeklovi örnatilgan. Mintaqalarda böron ogohlantiruvi e'lon qilindi.

Çeklovlar joriy etilgan mintaqalar umumiy maydoni Qozoğiston maydonining 24 foizini taşkil etadi. Bu viloyatlar hududida respublika barça aholisining taxminan törtdan bir qismi yaşaydi.

Kostanay viloyatida poytaxt hamda Petropavlovskka olib boruvçi yöllarda yölovçi va dizel transporti harakati çeklandi. Sabab öşa-öşa – 30 darajalik sovuq.