Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (sobiq ÖFF) yangi prezidenti Oçilboy Ramatov bugun ötkazilgan hisobot-saylov konferensiyasida sobiq rahbariyatni tanqid qildi.
«Obektiv yondaşiş kerak. Bundan buyoğiga Toşkentdagi jamoalarga ham, viloyatlar jamoalariga ham birdek qaraş kerak, hakamlar jamoalarni bir xil körişi kerak.
Namanganda «Navbahor» bilan «Paxtakor»ni öyinida adolatsizlik bölganini özim körganman. Keyin futbol federatsiyasi boşliği borib keçirim sörab yuribdi.
Şunaqayam böladimi? Bunaqada iş böladimi? Yo tadbirkorlik qiliş kerak, yo futbolga qaraş kerak. Yo magazinda işla, yo futbolni qil. Bu bozor emas-ku, töğrimi», deya ÖFA prezidenti sözlarini keltirdi «Tribuna» muxbiri.
Ramatov «Navbahor» va «Paxtakor»ning qaysi öyinini nazarda tutgani ma'lum emas.












