Braziliyadagi sud mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvadan pasportni olib qöydi. Bu haqda Reuters siyosatçining vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, bu da Silva mamlakatdan çiqib ketmasligi uçun lozim. Sababi apelyatsiya sudi unga qarşi korrupsiyada ayblovni öz kuçida qoldirdi. Sobiq prezident pasport olib qöyilişining ertasi kuni Afrikaga ketişni möljallagandi.

Avvalroq, da Silvaga 19 yil davomida davlat lavozimlarini egallaş taqiqlab qöyilgandi.

Kuritiba şahri federal politsiyasining xabar berişiça, da Silva va uning turmuş örtoği OAS quriliş kompaniyasidan Petrobras davlat neft kompaniyasi bilan boğliq noqonuniy sxema natijasida taxminan 748 ming dollar olgan.