AQŞ Falastin rahbariyati Isroil bilan tinçlik xususida kelişib olmagunça, bu muxtoriyatga moliyaviy kömak bermaydi. Bu haqda 25 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp Davosdagi jahon iqtisodiy forumida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uçraşuvda aytib ötdi.

“Biz falastinliklarga yuzlab million dollarlar beramiz. Ular bir hafta oldin vitse-prezidentimizga Falastinga borişga ijozat bermay, bizga hurmatsizlik qildilar. Ular tinçlik böyiça kelişib olmagunlarigaça bu pullarni olmaydilar. Isroil tinçlik istamoqda”, deb aytgan Tramp.