Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi «Madaniyat va san'at taşkilotlari, ijodiy uyuşmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantiriş, soha xodimlari mehnatini rağbatlantiriş böyiça qöşimça şaroitlar yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq kitob mualliflariga beriladigan qalam haqi 85 foizga köpaydi.
Şu paytga qadar mualliflik haqi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 yanvardagi «Mualliflik haqi va boşqa haq tölaş turlari stavkalarini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga asosan tölab kelinar edi. ÖzA xabariga köra, prezidentning joriy yil yanvar oyidan kuçga kirgan qarori asosida ijodkorlar mehnati uçun yangi stavkalar belgilandi.
Bu stavkalar asosida ayniqsa, bolalarga möljallangan asarlar uçun qalam haqi 2,5 barobarga kötarildi. Misol uçun, maktabgaça va kiçik yoşdagi bolalar uçun nasriy asarga buyurtma bergan naşriyot kitobni 20 ming nusxada çiqaradigan bölsa, bir muallif toboği uçun 2 million 66 ming 880 sömdan kam bölmagan miqdorda yozuvçiga qalam haqi belgilaydi. 20 ming nusxadan kam bölmagan şe'riy kitob muallifiga har bir satr uçun 8 ming 610 sömdan kam bölmagan miqdorda qalam haqi tölanadi.
Ilgari naşriyotlar tomonidan badiiy asarlar uçun 5 koeffitsiyent körsatkiçida mualliflarga qalam haqi hisoblangan bölsa, endilikda koeffitsiyent körsatkiçi sakkizga oşirildi. Bu badiiy asarlarga qalam haqi beriş miqdori ham qariyb 2 barobarga köpaydi, degani.
Özbekiston matbuot va axborot agentligida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Intellektual mulk agentligi, yetakçi naşriyotlar boş muharrirlari, iqtisodçilar, naşriyot işlari hisob-kitobini yurituvçi mutaxassislar, şoirlar, yozuvçilar va OAV vakillari iştirokida ötgan «Ijodkorlar mehnati qadr topmoqda» mavzusidagi seminarda şular ma'lum qilindi.
«Tizimimizdagi naşriyotlarda «Nazm böstoni», «Nasrimiz javohirlari», «Jahon adabiyotining sara asarlari», «Dunyo xalqlari ertaklari», «Adabiyot xrestomatiyasi», «Bolalar antologiyasi» kabi mavzularda rang-barang kitoblar çop etilmoqda. Agentlik tomonidan e'lon qilingan «Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni», «Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari», «Harbiy-vatanparvarlik» mavzularidagi badiiy asarlarga ijtimoiy buyurtmalar loyihasi asosida yozilayotgan kitoblar uçun mualliflarga qalam haqining ma'lum qismi oldindan tölab berilmoqda», – deya Matbuot va axborot agentligining iqtisodiy tahlil, prognozlaştiriş va moliyalaştiriş boşqarmasi boşliği Jamşid Mirkomilovning sözlarini keltirgan ÖzA.











