Özbekiston futbol assotsiatsiyasi yangi prezidenti Oçilboy Ramatov joriy mavsumda taşkil qilingan Superliga formatini tanqid qilib ötdi.

«Çempionatda joriy qilingan yangi islohotlar haqida. Biz hali bu reformalarni körib çiqamiz. Barçasini birdaniga özgartirib taşlab bölmaydi. Islohotlar sekin-astalik bilan amalga oşirilişi kerak. Futbol boks emasku, töğrimi, urib yiqitasan, böldi desang.

Hududlarda futbolni öldirib qöyiş kerak emas. Özgarişlar yaxşilikka, futbolni rivojlanişiga xizmat qilişi kerak. Sizlar tuzgan yangi formatdagi oltita kuçli jamoani ajratiş faqat Toşkent jamoalarini ösişiga yordam beradi. Hududlardagi jamoalarni bu yöq bölişiga sabab böladi. Öşa oltilikka qaysi jamoalar kirişini aytib beraymi? «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor» kiradi. Keyin «Nasaf» zörğa kirişi mumkin. Şundan keyin faqat poytaxt jamoalari rivojlanib, viloyatlarda futbol yöqolib boraveradi.

Bu bilan islohotlarni, yangiça formatni butunlay yöqotiş kerak demoqçi emasman. Lekin buni yaxşilab öylab körişimiz kerak. Hali mavsum boşlanişiga bir oy vaqt bor va bu masalani yana körib çiqamiz.

Men revolyutsioner emasman, kelgandan barça narsani özgartirib taşlaydigan. «Maş'al» yoki boşqa jamoa şunçaki tuşirib yuborilmaydi. Hali bu sohaga töliq kirganim yöq. Bu masalani ham körib çiqamiz. Kelgan zahoti, Umid Ahmadjonov xato qilgan deb taşlaş noqulay menga ham. Bir oy vaqt davomida körib çiqaylik. Şundan söng aniq bir töxtamga kelamiz», deya Ramatovning sözlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.