Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorj Soros Facebook va Google’ga «tashlandi»
Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Jorj Sorosning fikricha, Facebook va Google kompaniyasi jamiyat uchun xavf tug‘diradi. Uning ta'kidlashicha, ular «qaramlikni» keltirib chiqaradi.
«Ular o‘z xizmatlariga qaramlikni atayin joylashtirishmoqda. Bu, ayniqsa, o‘smirlar uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Internet-platformalar va qaramlikni keltirib chiqaruvchi o‘yinlar o‘rtasida o‘xshashlik bor. Kazinolar o‘yinchilardan barcha pullarni, hattoki, ularda bo‘lmaganlarni ham shilib olish usullarini ishlab chiqishgan», - deya Sorosning so‘zlarini keltiradi Business Insider.
Shuningdek, uning qayd etishicha, Facebook va Google «insonlar erkinligiga monopoliya» yaratmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlar kishilarni avtonomlikdan voz kechishga majbur qilmoqda, odamlar e'tiborini tortuvchi kuch esa bir necha kompaniya qo‘liga jamlanmoqda», - deya aniqlik kiritdi u.
Mavzuga oid
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
12:21 / 12.11.2025
Google Germaniyada 2029 yilgacha 5,5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
10:24 / 29.10.2025