26 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta'lim markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi öz sahifasida ma'lum qilgan.

Yangi öquv markazida Afğoniston tomoni ehtiyojlaridan kelib çiqib, 17 ta oliy va 16 ta örta maxsus, kasb-hunar ta'lim yönalişi öquv rejalarining modullaştirilgan şakli işlab çiqilgan. Qöşni davlatning ilmga çanqoq yoşlariga özlari tanlagan kasb sirlarini çuqur örgatiş uçun Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalaridan malakali professor-öqituvçilar jalb etilgan. Şuningdek, oliy ta'lim muassasalari korporativ tarmoği orqali “Elektron ta'lim tarmoği”ga ulanib, Özbekistonning istalgan oliy ta'lim muassasasi yetuk olim va mutaxassislari tomonidan videokonferensiya orqali masofadan turib maşğulot ötkaziş imkoniyati mavjud.

Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov

Ta'lim markazining ilk talabalari özbek tili va adabiyoti yönalişiga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha böyiça yetuk mutaxassis bölib yetişadi.

Markazning köp qavatli muhtaşam öquv binosi, 110 öringa möljallangan talabalar yotoqxonasi, axborot-resurs markazi, sport zali va sport maydonçalari, oşxona afğonistonlik talabalar uçun xizmat qiladi. Binoda kimyo va fizika kabi fanlarni çuqur özlaştiriş, temir yöl transporti tizimini puxta örganiş uçun lingafon xonalari, laboratoriyalar taşkil etilgan. Maişiy, savdo va boşqa xizmatlar körsatadigan şoxobçalar mavjud. 

Axborot-resurs markazi iqtisodiy-texnik va ijtimoiy-gumanitar yönalişlardagi fanlar böyiça yetarli öquv va yordamçi darsliklar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, Özbekistonda işlangan 50 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlar, audiotöplamlar disklari bilan töldirilgan. Elektron kutubxona tizimiga lotin alifbosidagi 700 dan ziyod elektron adabiyot joylaştirilgan.