26 yanvarda Çexiyada mamlakat prezidenti saylovlarining 2-turi boşlandi. 26 yanvarning ikkinçi qismi va 27 yanvarning birinçi qismida ötadigan bu bosqiçda 1-bosqiçning ikki ğolibi – 38,57 foiz ovoz töplagan amaldagi prezident Miloş Zeman va 26,6 foiz ovoz olgan, Çexiya fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragoş kuraşadilar.
Zeman musulmonlarga qarşi qaraşlarni oçiqçasiga qöllab-quvvatlaydi. U avvalroq 2015 yilgi migratsiya inqirozini Yevropaga “taşkillaştirilgan bostirib kiriş” deb atagan va musulmonlar Yevropa davlatlariga uyğunlaşib keta olmaydilar, deb hisoblaydi. U şuningdek Rossiyaga qarşi sanksiyalar bekor qilinişi tarafdori hisoblanadi.
Dragoş esa Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik va Rossiyaga qarşi sanksiyalar saqlanib qolişini qöllab-quvvatlaydi. U Praga Yevropa Ittifoqida faolroq rol öynaşi kerak deb hisoblaydi va Çexiya tomondan yevroning pul birligi sifatida qabul qilinişini qöllab-quvvatlaydi.
Umummilliy prezident saylovlari Çexiyada ikkinçi marta ötmoqda, 2013 yilgaça mamlakat rahbari parlamentning ikki palatasi deputatlari tomondan saylangan. 2013 yilgi saylovlarda Zeman 54,8 foiz ovoz bilan ğolib bölgandi.
Çexiya prezidenti 5 yillik muddatga saylanadi.












