Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi boşqa poyabzallar yoniga mustaqil ravişda kelib joylaşadigan, mehmonxonalar uçun möljallangan şippak yaratdi. ProPilot Park Ryokan deb atalgan bu şippakning videotaqdimoti kompaniyaning YouTube-kanalida joylaştirildi.   

Rolikda mehmonxonaga taşrif buyuruvçilar şippaklarni özlariga qulay joyda qoldirişayotgani, şippak esa mustaqil ravişda qolgan şippaklar turgan joy tomon harakatlanib, ular yoniga “parkovka” qilayotganini köriş mumkin. Şippaklarni yölakning devoriga örnatilgan tugma harakatlantiradi.

Videoda körsatilgan parkovka texnologiyasi avtomobillarning mustaqil parkovka qiliş texnologiyasiga töliq mos keladi. Rolikka berilgan izohda xuddi şunday texnologiya bilan yostiqlar va mebelni jihozlaş rejalaştirilayotgani aytilgan.