Valenciya muxtor provinsiyasi Ispaniyaning eng köhna mintaqalaridan biri hisoblanadi. Sayyohlik jabhasi Valenciya iqtisodiyotida eng muhim örinni egallaydi. Bu soha mintaqa iqtisodiyoti tizimining salkam 15 foizini taşkil qiladi. Muxtor provinsiyaning 15 foizdan ziyod mehnatga layoqatli aholisi uşbu jabhada faoliyat körsatadi. Keyingi yillar davomida sayyohlik mazkur mintaqa iqtisodiy rivojlanişining harakatlantiruvçi kuçiga aylandi.

«Jahon» AA xabariga köra, Samarqand şahri hokimi Furqat Rahimov Ispaniyaga safari çoğida sayyohlik sohasini hamda iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarini rivojlantiriş yuzasidan Valensiya orttirgan tajribani örganiş maqsadida mazkur provinsiyada böldi.

Mintaqaga safar doirasida Valenciya avtonom hamjamiyati hukumatining raisi Xayme Puij, uning sayyohlik böyiça örinbosari Frantsisk Kolomer, Ispaniya Kongressi deputati, YuNeSKOning «Ipak yöli» dasturi muvofiqlaştiruvçisi Xose-Maria Çikiyo, uşbu mintaqaning Sayyohlik agentliklari federatsiyasi prezidenti Salvador Amoros hamda sayyohlik firmalari, gastronomiya biznesi va töqimaçilikka ixtisoslaşgan kompaniyalarning vakillari bilan uçraşuv hamda muzokaralar ötkazildi.

Muzokaralar yakunlari ölaroq, 2018 yilning birinçi yarmida Valensiya va Samarqand örtasida birodarlaşgan şaharlar aloqalarini örnatiş böyiça Bayonnoma imzolaş yuzasidan dastlabki kelişuvga erişilgani barobarida «Valensiyada Samarqand kunlari» deb nomlangan yirik madaniy-sayyohlik tadbirini ötkazişga ham kelişib olindi.