Hozirda Özbekistonda davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini yölga qöyiş masalasi keng muhokama qilinmoqda. 26 yanvar kuni Xalqaro hamkorlik markazida şu mavzuga oid yiğiliş bölib ötdi. KUN.UZ muxbiri huquqşunoslik fanlari doktori, Huquqiy muammolarni örganiş markazining direktori Şamil Asyanovning Özbekistondagi davlat va xususiy sektor kelajagiga doir fikrlari bilan qiziqdi.
"Özbekistondagi davlat va xususiy sektor hamkorligi kelajagini davlat va xususiy kapitalning faol rivojlanayotgan hamkorlik şaklida köraman. Aksariyat Yevropa mamlakatlari va AQŞda bu hamkorlik turi juda rivojlangan. U uy-joy kommunal xöjaligi, yöllar qurilişi va ta'mirlaş sohalarida, ya'ni xususiy investorlarni jalb qiliş qulay bölgan xizmatlar talab qilinuvçi, lekin davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi zarur bölgan sohalarda juda qulaydir. Şunda davlat tomonidan muayyan daromad kafolatlanadi. Davlat iş sifatini nazorat qiladi va tabiiyki, uning sifati yuqori böladi. Şunday ekan, buni özaro manfaatli hamkorlik deb ayta olamiz", - deydi Asyanov.
Şuningdek ekspert Fuqarolik-huquqiy qonunçiligida kutilayotgan özgarişlarga ham töxtalib, bu borada hatto takliflar kiritayotganini ta'kidladi:
"Şubhasiz, men bu borada hatto takliflar beryapman. Birinçidan, davlat va xususiy sektor hamkorligiga doir Qonun qabul qilinadi. U hali yetarliça işlab çiqilmagan, uni biroz kengaytiriş lozim, çunki xususiy sektor hamkorligiga doir şartnomalar aslida fuqarolik-huquqiy şartnomalaridir. Biroq Fuqarolik kodeksida hamkorlikning uşbu şakli yetarliça körib çiqilmagan. U yerda ommaviy şartnomalar bor, lekin öylaşimça, davlat va xususiy sektor hamkorligiga alohida bir bob ajratiş va bu hamkorlik turining öziga xos jihatlarini qayd etiş lozim".
Şamil Asyanovning sözlariga köra, davlat va xususiy sektor hamkorligi rivojlanişi uçun uni şubhasiz qonun bilan mustahkamlaş zarur.
"Murakkablik nimada? Fuqarolik-huquqiy şartnomalarini olsak, unda xususiy şaxslar örtasida özaro şartnomalar tuziladi. Ular qonunga muvofiq yöl tutişmoqda. Bu yerda esa bir tomondan - xususiy sektor, boşqa tomondan esa - davlat. Ular - teng huquqli hamkorlar emas, bu yerda esa teng huquqli asosda hamkorlik qilişi kerak. Buni, şubhasiz, qonun bilan mustahkamlaş zarur", - deya fikriga yakun yasaydi mutaxassis.












