Sun'iy göştning işlab çiqarilişi Kremniy vodiysidagi bir neça startaplariga sezilarli darajada investitsiyalar keltirdi. Ularning eng maşhurlari - Impossible Foods, Memphis Meat, Beyond Meat va Hampton Creek. Dunyoning eng badavlat kişilari bu startaplarga işonişgan. Bill Geyts ularning biryöla bir neçtasiga sarmoya kiritgan. Hozirça ularning birortasi haqiqiy göştdan farqlab bölmaydigan sun'iy göştni taqdim etgani yöq, biroq kuzatuvçilar rivojlaniş borligini aytişmoqda: bunday göşt arzonlaşmoqda, ta'mi esa haqiqiy göştga yaqinlaşmoqda.
Ta'kidlaş joizki, hozir turli "yaşil" va ozuqaviy loyihalar hamda taşabbuslar juda dolzarb. Yer aholisi soni oşib bormoqda, oziq-ovqat ham şunga yaraşa bölişi kerak. 2011 yilda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti qişloq xöjaligi faoliyati natijasidagi iflosliklarning 39 foizi aynan çorvaçilikka töğri kelayotganini ma'lum qilgan. Şuning uçun "toza" göşt işlab çiqariş ğoyasi jozibaliroq: u oziq-ovqat bilan boğliq muammolarni hal qiladi va ekologik vaziyatni murakkablaştirmaydi. Ba'zi mutaxassislar hatto sun'iy göşt haqiqiysidan-da samaraliroq, töyimliroq ekani va zarari ham kamroq ekanini aytişmoqda.
Biroq bularning bari ommaga taqdim etilmagunga qadar bor-yöği gap-söz va reklamadir. Dunyo esa hozir şunga yaqin turibdi. Heç bölmaganda, uning ğarbiy qismi. Cargill, Nestle va Tyson kabi oziq-ovqat korporatsiyalari sun'iy göştga katta qiziqiş bildirişmoqda. Ularning fikriça, yaqin 25 yilda jahon göşt bozorining taxminan 20 foizi yangi mahsulotdan iborat böladi.
GlobalData tahlilçisi Kris Loning ta'kidlaşiça, 2021 yilda, Memphis Meat startapi bu yönalişda yetakçilikni qölga kiritganida sun'iy göşt dökon rastalarida paydo böladi. Bunday prognozga sabab, mazkur startap ortida Bill Geyts, Riçard Brenson va Şimoliy Amerikaning yirik göşt distribyutori Cargill Meats sarmoyalari turibdi.

















