Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 27 yanvarda turkiyalik harbiylar zarurat bölsa Suriyaning Afrinidan Idlibgaça ham yetib bora olişlarini aytgan. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
“Hozir Afrinda operatsiya ketmoqda. Hozir xalq 15 iyulda bölgandek (Turkiyadagi davlat töntaruvi) Afringa yöl olmoqda. Agar Alloh istasa, askarlarim Idlibgaça ham yetib borişadi”, deb aytgan Erdöğan.
Turkiya qurolli kuçlari Suriyaning Afrinida kurdlarning “Xalq mudofaasi kuçlari” va “Demokratik ittifoq” partiyasiga qarşi 20 yanvarda operatsiya boşlagan. Anqara bu taşkilotlarni terrorçilik taşkilotlari deb hisoblaydi.












