27 yanvarda Örta yer dengizida ötkazilgan 5 ta operatsiya davomida 800 ga yaqin muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohilböyi qöriqlaş xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Yevropaga yetib olmoqçi bölgan muhojirlar 2 ta barja va 3 ta qayiqdan qutqarilgan. Operatsiyalar davomida Italiya harbiy-dengiz flotining ikkita vertolyoti Tunisdagi şifoxonaga 7 nafar bolani yetkazgan.
Qutqaruvçilar tomondan suvdan ikki jasad çiqarib olingan.
2015 yilda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikaning bir qator davlatlarida ixtiloflar avj olgani sababli Örta yer dengizi böyida joylaşgan davlatlar orqali istalgan yöllar bilan Yevropaga ötmoqçi bölayotgan muhojirlar soni keskin oşib ketgan.
Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Yevropaga Örta yer dengizi orqali kelgan muhojirlar soni 171 mingdan oşib ketdi. Yevropaga yöl olganlardan 3 mingdan köproği yölda halok bölgan.












