Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining 2018 yil 27 yanvardagi qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida xodimlarning tuşlik tanaffus vaqti soat 13:00dan 14:00gaça etib belgilandi.
Markaziy bank aholi, korxona va taşkilotlar hamda tadbirkorlik sub'yektlariga bank xizmatlarini körsatiş böyiça yanada qulayliklar yaratiş maqsadida, tijorat banklariga tizimning içki mehnat tartibi qoidalarini qayta körib çiqqan holda, bankning barça filiallari va aholiga xizmat körsatiş bölinmalarida joriy yil 1 fevraldan tuşlik tanaffus vaqtini soat 13:00 dan 14:00 gaça etib belgilaşni tavsiya etgan.
Ayni vaqtda, tijorat banklariga tuşlik tanaffus vaqti özgarişi munosabati bilan mijozlarga xizmat körsatiş tartibining özgarganligi töğrisida ularni xabardor qiliş, şu jumladan, iş grafigining özgarganligi töğrisida e'lon berilişini ta'minlaş söralgan.
«Kun.uz»ning tijorat banklaridagi manbalari tasdiqlaşiça, tuşlik vaqti bugundan özgardi va soat 13:00dan 14:00gaça davom etadigan böldi.
Ma'lumot uçun, 2015 yil mayidan buyon Özbekistondagi banklarda tuşlik vaqti soat 14:00dan 15:00gaça hisoblanardi.











