2018 yil uçun Davlat dasturi (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlaşni takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni ham öz içiga olgan, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib ötamiz, 2013 yilda Toşkent davlat yuridik instituti universitetga aylantirildi. Endi bu yuridik kadrlarni tayyorlaş sohasida mamlakatdagi tayanç oliy ta'lim muassasasi bölib, 5 soha mutaxassisliklari (faoliyat yönalişlari) böyiça ta'lim berişni amalga oşiradi, ular: davlat-huquqiy faoliyat;  fuqarolik-huquqiy faoliyat; jinoiy-huquqiy faoliyat; xalqaro-huquqiy faoliyat; tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi). Bir vaqtning özida TDYuU ta'lim berişning modulli tizimi joriy etilgan ilk milliy oliy ta'lim muassasasiga aylandi.

Mamlakatda yuristlarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş davom ettiriladi. Xususan, joriy yilning aprel oyida quyidagi uçta asosiy yönaliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni öz içiga olgan Prezident Farmoni loyihasini işlab çiqiş rejalaştirilgan:  

1 – yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarini respublikaga jalb qiliş;

2 – yurisprudensiya mutaxassisligi böyiça qabul kvotasini oşiriş. Ma'lumot uçun, oxirgi marta oşirilganidan keyin 2017 yilda TDYuU bakalavriatiga qabul kvotasi 600 nafarni taşkil etdi.

3 – Toşkent davlat yuridik universitetining öquv-metodik bazasini kengaytiriş.

Uşbu hujjat 23.01.2018 yildan kuçga kirdi.