Nokia brendi huquqlariga egalik qiluvçi HMD Global kompaniyasi tugmali 3310 telefonining yangi versiyasini namoyiş qildi. Qurilma Xitoyda taqdim etildi, tez orada uning jahon bozoriga çiqişi kutilmoqda. GizmoChina şu haqida xabar berdi.
Yangilangan Nokia 3310 ötgan yilgi modelga nisbatan biroz kattaroq ölçamdagi korpusga ega böldi. Devays 4G VoLTE tarmoqlari faoliyatini qöllab-quvvatlaydi va Wi-Fi tarqata oladi. Telefon hozirça faqat China Mobile operatori orqali sotiladi.
Nokia 3310 320X240 pikselli 2,4 dyuymli displey, microSIM sloti va microSD xotira kartalari bilan ta'minlandi. Telefonda microUSB, 3.5 mm'li audiojyek, Bluetooth 4.0 interfeyslari mavjud. Devays 2 megapikselli kamera va 1200 mAs siğimli batareyaga ega.
Qurilma narxi hozirça noma'lum. Nokia 3310 4G fevral oyida bölib ötadigan MWC 2018 körgazmasida jahon bozori uçun taqdim etilişi kutilmoqda.












