Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilaridan biri Husan Mamasaidov öz sahifasida Toşkent şahar IIBB Çilonzor tumanlararo RIB bölimidagi xizmat körsatiş tizimining talabga javob bermaydigan ahvolidan yozğiradi va fotosuratlar ilova qiladi.

«Davlat xizmatlari va monopoliyaning ahvolidan yana bir yaqqol misol», deb boşlaydi u öz postini.

«Biz notarial idorada otamning nomidagi avtomaşinaga yangi işonçnoma qilişimiz zarur bölib qoldi. Propiska manzili özgarganligi sababli, YHXBdan yangi texpasport oliş kerakligini aytişdi.

Birgina texpasportni almaştiriş uçun butun iş kuni va bir vagon asablar sarflanar ekan!

Çilonzor tumanlararo RIBda davlat xizmatlari uçun mamlakat ğaznasiga yaxşigina tölov qilayotgan fuqarolar/haydovçilar uçun heç qanday şaroitlar yöq.

Tor koridor, navbatlardagi tartibsizlik, haydovçilarga nisbatan qöpol muomala. Şunça odamga bor-yöği ikkitagina darça xizmat körsatmoqda.

Bu masalalar uçun mas'ul kim özi? Nahotki mutasaddilar va YHXB rahbariyati bu masalalar va insonlarga nisbatan bunday munosabatga befarq bölsa?!

Bunday masalalarni OAVda kötarib, bu haqda fikr yuritiş uçun allaqaçon fursat yetgan», deb tugatadi Husan Mamasaidov öz postini.

Uning xitobida ommaviy axborot vositalari tomon ham xitob bölgani bois, biz uşbu murojaatni mutasaddilar öqisin, degan maqsadda yoritişga qaror qildik. Endigi qadam mutasaddilardan...

Foto: Facebook.com
Foto: Facebook.com
Foto: Facebook.com