Boliviyadagi osma yöl dunyodagi eng uzun osma yöl sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Uning uzunligi 30 km ni taşkil qiladi. U yordamida odamlar toğda joylaşgan La-Pas va El-Alto şaharlari orasida harakatlanadilar.
Bir şahardan ikkinçisiga 4 ta avtobus yordamida yetib oliş mumkin. Bunga 1,5-2 soat vaqt ketadi. Osma yölda esa bunga bor-yöği 25 daqiqa ketadi. Osma yöl kabinalarida internet ham mavjud.
Osma yöl köproq “havo metrosi”ga öxşaydi. Yöl 3500 metrdan köproq balandlikdan ötgan. Undan har kuni kamida 160 ming kişi foydalanadi. 2030 yilga kelib uni kengaytiriş möljallanmoqda. Şunda undan kuniga 300 minggaça kişi foydalana oladi.











