Maşhur fotoilova borgan sari WhatsApp yoki Skype messenjerlariga öxşab bormoqda. Tez orada Instagram'da videoqönğiroqlar funksiyasi paydo böladi. Wabetinfo portali şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, ijtimoiy tarmoq hozirda foydalanuvçilar örtasidagi videoaloqa imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda. Şuningdek dolzarb versiya kodida yangi funksiyaga işora aniqlangan. Kelgusida xabarlar blokini oçib, muayyan bir foydalanuvçi tanlanganda öng tomondagi yuqori burçakda kamera ikonasi paydo böladi.
Ilova proşivkasini örgangan ekspertlar hozirda tugma nofaol ekanini aniqlaşgan. Biroq tez orada foydalanuvçilar video orqali bir-birlari bilan muloqot qilişlari mumkin böladi. Texnologiya aynan qaçon ommaga taqdim etilişi hozirça noma'lum.












