Mamlakatda  2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta'minoti böyiça idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etildi. «Nafaqa» tizimi qoğoz ma'lumotnoma va tasdiqlovçi hujjatlar olişni bekor qilişi bilan keksa kişilarga qulaylik tuğdirmoqda, deb yozadi Oliy Majlis  Qonunçilik palatasi deputati Aliya Yunusova Norma.uz naşrida.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasining (rasmiy pfru.uz sayti) «Pensiya» dastur majmuasi pensiya va nafaqa oladigan 2,5 million pensioner va 237 ming fuqaroga tegişli yagona ma'lumotlar bazasidir.

Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qança pensiya tayinlanişi öylantirmoqda. Umuman olganda, ijtimoiy ta'minotning mazkur turi işlayotgan har bir kişini befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba'zan tuşunmovçiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi.

Sir emaski, ayrim yurtdoşlarimiz çet elda işlagan. Ularni   iş staji va pensiya me'yori qanday  böladi? Agarda mamlakat fuqarosi Mehnat vazirligining Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali şartnoma tuzib, çet elda yollangan holda işlasa va Pensiya jamğarmasiga örnatilgan tartibda suğurta badallarini tölasa (har oyda eng kam iş haqi miqdorida), uning iş staji va tölagan suğurta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi.