Avtomobillar va köçmas mulk uçun xavfsizlik tizimlarini boşqariş bilan şuğullanuvçi “Tsezar Satellit” kompaniyasi tahlilçilari Rossiyada 2017 yilda eng köp öğirlangan maşinalar röyxatini tuzişdi.  

Reytingda “Lada” “yetakçilik” qilmoqda: ötgan yil bu markadagi maşinalardan 5756 ta öğirlangan. 2-örindan Toyota va 3-örindan Hyundai joy olgan, bu maşinalardan mos ravişda 3797 ta va 2056 ta öğirlangan.

Eng köp öğrilanuvçi maşinalar beştaligidan Kia (1890) va Nissan (1197) ham joy olgan. Röyxatda umumiy hisobda 20 ta kompaniya maşinalari keltirilgan. Reytingning oxirgi örinlarini Chevrolet, Land Rover, Audi va UAZ markalari egallagan, bu maşinalardan örtaça 350 tadan öğirlangan.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, bir yil içida Rossiyada 34 mingta maşina öğirlangan.