Bugun, 31 yanvar kuni soat Toşkent vaqti bilan 12:08da Özbekiston poytaxtida ketma-ket zilzila qayd etildi.

Toşkent şahri aholisi 3-3,5 ball atrofidagi yer qimirlaşi kuçini sezişgan. Bir daqiqa içida zilzila qaytalandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning boşqa hududlarida ham yer silkinişi kuzatilgani haqida yozilmoqda.

«Toşkent» seysmostansiyasi «Kun.uz»ga tasdiqlaşiça, Özbekiston hududida şu vaqtda Afğoniston hududida röy bergan 6,1 ballik zilzila kuçi sezilgan. Toşkentda zilzila kuçi 3 ballga teng bölgan.

23 yanvar kuni tongida ham Toşkentda 4 balli zilzila röy bergandi. Öşanda zilzila markazi Qozoğistonning janubidagi Sarioğoç tumani hududida joylaşgandi.